#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda tuman Kengashi deputati B.Shakarov ishtirokida O‘ymovut mahallasida xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar egallash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning mazmuni yuzasidan fikr almashildi hamda mavjud masalalarni hal etishning amaliy yo‘llari muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|