👤Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M. Madrahimov hamda Kotibiyat mudiri I. Masharipov bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Shovot tumani bo‘limi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
🚒 Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda bu borada fuqarolarning huquqiy va amaliy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Hamkorlik doirasida mutasaddilar tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.