#24_ta_masala
#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida tashkil etilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishiga ko‘maklashish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda daromadli mehnat bilan bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Deputatlik nazorati davomida aholi murojaatlari ham tinglanib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|