#Deputat_faoliyati
#okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlarning manzilli tashkil etilishi hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, mas’ul mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|