35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov hududidagi Oqtosh mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Payariq tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman ishchi guruhining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaroriga muvofiq Axmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
2026-yil bugungi kun holatiga ko‘ra, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan obodonlashtirish xizmatlarini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
🔰Murojaat

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiya aʼzosi, Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodovning davlat xizmatchilariga murojaati.

Hurmatli hamkasblar!

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik, shaffoflik, qonun ustuvorligi va halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur islohotlarning samaradorligi, avvalo, davlat xizmatchilarining halol, mas‘uliyatli va fidokorona faoliyatiga bog‘liq. Har birimiz zim-mamizdagi vazifalarni qonun talablari asosida, xolis va vijdonan bajarishimiz, xizmat vakolatidan faqat xalq manfaatlari yo‘lida foydalanishimiz zarur.

Shuni unutmasligimiz kerakki, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi davlat va jamiyat taraqqiyotiga, eng avvalo, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Shu bois manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta‘minlash hamda noqonuniy taklif va bosimlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir davlat xizmatchisining burchidir.

Ayniqsa, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish, kadrlar bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonuniylik va adolat tamoyillariga qat‘iy amal qilinishi shart.

Har bir xodim korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldor ekanini chuqur his etishi lozim. Agar xizmat faoliyati davomida noqonuniy manfaat taklif etilishi yoki korrupsiyaga oid boshqa holatlarga duch kelinsa, bu haqda belgilangan tartibda rahbariyat hamda vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berilishi zarur.

Jizzax shahar hokimligida halollik muhitini mustahkamlash, xizmat intizomini kuchaytirish va fuqarolarga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bundan buyon ham ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Bizning asosiy maqsadimiz – xalq ishonchini oqlash, har bir murojaatga qonuniy va adolatli yechim topish hamda davlat xizmatining nufuzini yana-da yuksaltirishdir.

Aziz hamkasblar!

Barchangizni xizmat vazifalaringizni yuksak mas‘uliyat bilan bajarishga, kasb odobiga qat‘iy rioya etishga, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lishga va “Halollik – eng oliy qadriyat” tamoyiliga sodiq qolishga chaqiraman.

Ishonchim komilki, barchamizning halol mehnatimiz va mas‘uliyatli yondashuvimiz Jizzax shahrining yana-da taraqqiy etishi, fuqarolar farovonligi hamda Yangi O‘zbekiston rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. 

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov.