#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–406-son, 2016-yil 14-sentabr) mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Qonunda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport, madaniyat va turli to‘garaklarga keng jalb etish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|