Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A. Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasida joylashgan oilaviy shifokor punkti (OShP) filiali faoliyati hamda mavjud muammolar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqaroning tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va bandligini ta’minlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq 11-Emalchi saylov okrugi Gulzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yig‘ilishda loyiha doirasida bajariladigan qurilish ishlari, ularning sifati, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan fuqarodan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan Navgadi mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida hududda investitsiya dasturlari doirasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining holati, loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, shuningdek, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash masalalari tahlil qilindi.
🔹Mutasaddilar tomonidan mas’ul tashkilotlar va loyiha ijrochilari bilan suhbat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlari sifatini yanada oshirish hamda loyihalarni belgilangan reja asosida o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Bunday o‘rganishlar investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, budjet mablag‘lari va investitsiya resurslaridan maqsadli foydalanish, shuningdek, aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2