#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Xosa mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yangi transformator 60 ta temir-beton elektr tayanchi (ustuni) o‘rnatish hamda yangi elektr uzatish kabel tarmoqlarini tortish ishlari bilan tanishildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish hudud aholisini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va elektr ta’minoti infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|