#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Zarbdor tajribasi" asosida 2026-yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilishi belgilangan drayver loyihalar o‘rganildi.
O‘rganish davomida drayver loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirishga qaratilgan takliflar tahlil qilindi.
Shuningdek, VII-20-5-7-100-K/26-sonli Kengash qarori ijrosini sifatli ta’minlash va drayver loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|