Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Saidov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisobotini o‘rganish maqsadida Temiryo‘l MFYga bordi.
O‘rganish davomida aholi xonadonlaridagi chorva mollari holati, veterinariya xizmatlarining tashkil etilishi, veterinariya pasportlarini yuritish tartibi hamda mutaxassislarning joylardagi faoliyati bilan tanishildi.
Chorvador fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari sifati yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi. Muloqotlar davomida muammolar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Xususan, ayrim hududlarda veterinariya xizmatlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, profilaktik emlash tadbirlarining to‘liq bajarilmayotgani hamda kasalliklar tarqalishi xavfi yuzaga kelgan vaziyatlarda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqoriligi qayd etildi.