Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisobotini o‘rganish maqsadida Qozoq Nayman MFYdagi xonadonlarda bo‘ldi.
O‘rganishda aholi xonadonlarida chorvachilik holati, veterinariya xizmatlari sifati, veterinariya pasportlarini yuritish jarayoni hamda mutaxassislarning joylardagi faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar o‘rganildi.
Aniqlanishicha, ayrim hududlarda veterinariya xizmatlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan, profilaktik emlash tadbirlarining bajarilishida kamchiliklar mavjud. Fuqarolar tomonidan epidemik vaziyatlarda malakali veterinariya mutaxassislarining yetishmasligi xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha ham e’tiroz bildirildi.