Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim Kengash qarorlariga tahririy aniqlik kiritish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga Payariq tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari F.Uktamovdan javob olindi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘. Egamberdiyev tomonidan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan O‘ymovut mahallasida mahalla raisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–419, 2017-yil 3-yanvar) ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning mazmuni yuzasidan tahlil ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/45942)
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida oʻtkazilgan majlisda Senat ishchi guruhining parlament nazorati doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar viloyatda bajarilishini oʻrganish natijalari koʻrib chiqildi.

Majlisda Oliy Majlis Senati qo'mitalari raislari, senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, viloyat va tuman studiyalarida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, hokimlar, kun tartibidagi masalaga taalluqli viloyat tashkilotlari hamda ularning tuman bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Muhokama jarayonida masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining axborotlari eshitildi hamda mavjud kamchiliklarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, joriy yilning oʻtgan besh oyida 6 ta yirik sanoat korxonasida ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan pasaygan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida Boysun, Jarqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarida loyihalar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganligi ta'kidlandi.

Muhokama davomida senatorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, sanoat zonalari samaradorligini oshirish, eksport hajmini koʻpaytirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Majlis yakunida Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Majlisda dolzarb masalalar muhokama qilindi

Taʼkidlanganidek, viloyatda joriy yilning I choragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 13,4 trln soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 9,1 foizga yetdi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAHM hajmi 4,4 mln soʻmni tashkil etdi. Iqtisodiyot tarmoqlarida ijobiy dinamika kuzatilib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foizga, bozor xizmatlari 16,3 foizga, qishloq xoʻjaligi 9,7 foizga, qurilish ishlari esa 10 foizga oʻsdi. Kuzatilgan iqtisodiy faollik natijasida 2026-yil 1-aprel holatiga koʻra faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) soni 21,5 mingtani tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,7 foizga yoki 1,7 mingtaga koʻpaygan.

Joriy yilda viloyatda 2 mlrd AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish rejalashtirilgan boʻlib, birinchi chorakda 499,1 mln dollar oʻzlashtirildi. Tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 53 foizni tashkil etdi. Eksport hajmi 126,4 mln AQSH dollariga yettdi yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 foizga oʻsdi. Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 34 mln dollarlik 77 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida qariyb 900 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2,9 trln soʻm kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi, shundan 869 mlrd soʻm mablagʻ tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratildi.
Muammoli kreditlar qoldigʻi 2025-yilning mos davriga nisbatan Angor, Qumqoʻrgʻon va Termiz tumanlarida oshgan, Jarqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarida faoliyatsiz korxonalar ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Shuningdek, mikroloyihalarni tashkil etish boʻyicha reja koʻrsatkichlari Denov, Boysun va Sariosiyo tumanlarida toʻliq bajarilmagan.

Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida 2021-yilda tashkil etilgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida haligacha loyihalar ishga tushirilmagan. Senatorlar aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari ham tanqidiy muhokama qilindi. Joriy yilning yanvar–may oylarida 18 ming fuqaro doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan, 195 ming kishi daromadlarini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olingan, 24 ming norasmiy band boʻlgan shaxsning mehnat faoliyati legallashtirilgan. I chorak yakunlariga koʻra ishsizlik darajasi 4,8 foizgacha pasaygan.

Shu bilan birga, ayrim tumanlarda aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish, xizmat koʻrsatish va servis loyihalarini amalga oshirish hamda qurilish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha rejalar toʻliq bajarilmagani qayd etildi.
Slide 1 of 9