Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Toxirshayx mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Toxirshayx mahallasida og‘ir toifadagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda tuman Kengashi deputati B.Shakarov ishtirokida O‘ymovut mahallasida xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-IYUL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
Mahalla faoliyati o‘rganildi

Mahalla faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Donayev hamda A.Mamarajabov bilan birgalikda "Mustaqillik" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, bandlikni ta’minlash, obodonlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yuritilayotgan hujjatlar, reyestrlar va hisobot hujjatlarining yuritilishi o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, hujjatlarning amaldagi tartib va talablar asosida yuritilishi, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3