Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A. Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasida joylashgan oilaviy shifokor punkti (OShP) filiali faoliyati hamda mavjud muammolar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqaroning tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va bandligini ta’minlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq 11-Emalchi saylov okrugi Gulzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yig‘ilishda loyiha doirasida bajariladigan qurilish ishlari, ularning sifati, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan fuqarodan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi

Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Xalq demokratik partiyasidan saylangan "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna Qo‘rg‘ontepa MFY raisi Mahkamov Bahromjon Mahmudjanovich tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasini joyiga chiqib o‘rgandi. O'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ham qatnashdi.

📝 Murojaatda Qo‘rg‘ontepa mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hududidan Zargarlik ko‘chasiga chiqish qismida g‘ishtdan qurilgan devor piyodalar hamda transport vositalarining erkin harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani, ayrim holatlarda esa yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

📂 Mazkur masala xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining tavsiyaviy xususiyatga ega 24 talik tavsiyalari doirasida, xususan mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarni kamaytirish hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan deputatlik nazorati asosida ko‘rib chiqildi.

🔗 Deputatning tashabbusi va mutasaddi tashkilotlar bilan olib borilgan hamkorlik natijasida ko‘p qavatli uylar hududidan Zargarlik ko‘chasiga chiqish qismidagi harakatga to‘sqinlik qilayotgan g‘isht devor olib tashlandi. Uning o‘rniga hududni tartibli saqlash va piyodalar hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida temir panjara o‘rnatildi.

🗂 O‘rganish davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari ham tushuntirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari"ga muvofiq, ko‘p kvartirali uyga tutash hududlarda piyodalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda transport vositalarining, ayniqsa tez tibbiy yordam, yong‘in-qutqaruv va boshqa maxsus xizmat avtomobillarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi devorlar, panjaralar, shlagbaumlar va boshqa sun’iy to‘siqlarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi.

✅ Deputat tomonidan amalga oshirilgan ushbu amaliy ishlar natijasida fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi, yo‘l harakati xavfsizligi yaxshilandi hamda kelgusida favqulodda xizmatlarning hududga to‘siqsiz kirib borishi uchun zarur sharoit ta’minlandi.

🗣 Deputat Galina Gennadyevna bundan buyon ham fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratida bo‘lishi, mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari davom ettirilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 6