Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim Kengash qarorlariga tahririy aniqlik kiritish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga Payariq tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari F.Uktamovdan javob olindi.
янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘. Egamberdiyev tomonidan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan O‘ymovut mahallasida mahalla raisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–419, 2017-yil 3-yanvar) ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning mazmuni yuzasidan tahlil ishlari olib borildi.
Munosabat

Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari va takliflarini tinglash hamda muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida «Oq oltin» saylov okrugi hududida saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, hududda bajarilayotgan ishlar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etildi. 

Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ayniqsa, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. 

Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy muammolarni hal etishdagi ahamiyati haqida saylovchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. 

Uchrashuvlarda joriy yil uchun qabul qilingan «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ham keng muhokama qilindi. Xususan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida saylovchilardan jami 24 ta murojaat kelib tushdi. Ularning har biri atroflicha o‘rganilib, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Jumladan, «Oq oltin» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi bir qator ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, piyodalar yo‘lakchalari barpo etildi, eski simyog‘ochlar zamonaviy ustunlarga almashtirildi hamda aholi uchun dolzarb bo‘lgan boshqa qator masalalarga amaliy yechim topildi. Bu ishlar hudud aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. 

Uchrashuvlarda saylovchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini, inson qadrini ulug‘lash, aholini ijtimoiy himoya qilish va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berayotganini alohida ta’kidladilar. Ayniqsa, saylov okrugi hududida ichki yo‘llarni asfaltlash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalarning bosqichma-bosqich hal etilayotgani keng e’tirof etildi. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda partiya deputatlik guruhi faoliyatida faol ishtirok etib, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning xalq manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan
taklif va tashabbuslarimni muntazam ilgari surib kelmoqdaman. 

Saylovchilarning yuksak ishonchi men uchun katta mas’uliyatdir. Shu bois kelgusida ham aholi bilan doimiy muloqot qilish, har bir murojaatni atroflicha o‘rganish,
muammolarga amaliy yechim topish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda okrugimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga munosib hissa qo‘shish deputatlik faoliyatimning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi. Eng muhimi, xalq ishonchini oqlash va inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimni safarbar etishda davom etaman. 


Otabek YO‘LDOShOV,
19- «Oq oltin» saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati