Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Xosa mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ichki yo‘llarning holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
O‘rganish davomida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining Payariq tumani rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘rganish davomida drayver loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirishga qaratilgan takliflar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq,hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 7-Boshcho'rosh okrugidagi Xosa mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasida joylashgan oilaviy poliklinika faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Munosabat

 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari zimmasiga yuklatilgan eng muhim vazifalardan biri – aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va ehtiyojlarini chuqur o‘rganish hamda joylarda mavjud masalalarning yechimiga ko‘maklashishdan iborat. Shu ma’noda, saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Uchrashuvlar davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan davlat siyosati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilmoqda hamda Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati ham tushuntirilmoqda. 

Shuningdek, «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan saylovchilarga batafsil ma’lumotlar yetkazildi. 

Joriy yilning o‘tgan davrida saylovchilardan kelib tushgan 11 ta murojaatning barchasi belgilangan tartibda o‘rganilib, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi va aksariyati ijobiy hal etildi, qolgan masalalar yuzasidan tegishli ishlar davom ettirilmoqda. 

Xususan, «Navoiy» mahallasi ko‘chalarini asfaltlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish kabi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi hamda zarur dori-darmonlar bilan ta’minlandi. Bu kabi amaliy ishlar aholi farovonligini ta’minlash va hayot sifatini yaxshilashga munosib hissa bo‘lib xizmat qildi. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar va deputatlik guruhi yig‘ilishlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash, partiya elektoratining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan taklif hamda tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi bilan samarali muloqot, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan bunday yondashuv deputatlik faoliyatining muhim mezoni hisoblanadi. Zero, xalq ishonchini oqlash, har bir murojaat ortida turgan inson manfaatini ta’minlash va mahallalar taraqqiyotiga hissa qo‘shish deputat zimmasidagi eng muhim mas’uliyatdir.

Gulshod YUSUPOVA,
1- “Navoiy” saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati