Ushbu tadbirda O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Madiyor Xandayev va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bank xizmati xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda tadbir ishtirokchilariga partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyati va hozirgi kunda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan bank vakillari ham partiyaning dasturida belgilangan maqsad va vazifalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.