O‘rganish davomida:
tayyor beton mahsulotlari, beton plitalar va stalba ustunlari ishlab chiqarish jarayonlari;
korxonaning ishlab chiqarish quvvati va faoliyat samaradorligi;
ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi;
ishlab chiqarish faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur korxonada 32 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Rivojlangan ishlab chiqarish — barqaror taraqqiyot garovi!