#Kengash_sessiyalariga_oid
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti yuzasidan
O'rganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraff etish yuzasidan quyidagi takliflar berildi:
-xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, muntazam targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
-Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish;
-manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish;
-jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik, xolislik va ochiqlik tamoyillariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
-korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan muntazam tahlillar o‘tkazish;
-budjet mablag‘lari hamda moddiy resurslardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|