#Kengash_sessiyalariga_oid
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovning hisobotidan.
Joriy yil mart oyida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 37 nafar 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etgan va 1 nafar o‘quvchi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan, natijada tuman viloyat reytingida 4-o‘rinni egallagan.
103 ta maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar orqali 31 456 nafar o‘quvchi fan, sport va ijodiy yo‘nalishlarda qamrab olingan hamda ushbu jarayonlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun 558 nafar o‘quvchi imtiyozli tartibda to‘garaklarga jalb etilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|