Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya, masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning hisoboti yuzasidan.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti yuzasidan
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti Kengash sessiyasida muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Djamalova tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovga savol berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovga savol berildi.
янв.21
Joriy yil mart oyida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 37 nafar 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etgan va 1 nafar o‘quvchi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan, natijada tuman viloyat reytingida 4-o‘rinni egallagan.
янв.21
Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovning hisoboti muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Payariq hayoti” gazetasi tahririyati faoliyati ko'zdan kechirildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Payariq hayoti” gazetasi tahririyati faoliyati ko'zdan kechirildi.

gazetaning tuman aholisini dolzarb yangiliklar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tahririyatning moddiy-texnik bazasi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va axborotlarni tezkor hamda sifatli yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, 1932-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Payariq hayoti” gazetasi tumanning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotini yoritishda muhim o‘rin egallab, aholi va davlat idoralari o‘rtasida samarali axborot ko‘prigi vazifasini bajarmoqda. Bugungi kunda gazeta bosma nashr bilan bir qatorda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2