#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda deputat L.Djamalova ishtirokida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati va tarkibini qayta shakllantirish masalasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida Yoshlar maslahat guruhining amaldagi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, guruh tarkibini yangilash zarurati yuzasidan tahlillar olib borildi.
Muhokama yakunida Yoshlar maslahat guruhi tarkibini qayta shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, mazkur masalani belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|