Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish 18-sonli Oilaviy poliklinikada tashkil etilib, unda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda mavjud shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Monitoring davomida sohaga oid muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lida bu kabi nazorat va o‘rganish ishlari davom ettiriladi.