Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganish jarayonida ishchi guruh Pastdarg‘om tuman 2-son oilaviy poliklinikasida bo‘lib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot ishlari hamda qonun ijrosining amaliy holati bilan tanishdi.
Shuningdek, mutasaddilar tomonidan mavjud sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, profilaktik tadbirlar va aholining murojaatlari yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi. Monitoring ishlari davom etmoqda.