Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu doirada navbatdagi monitoring Pastdarg‘om tuman markaziy poliklinikasida tashkil etilib, unda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar hamda yoshlar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.