Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Eliboyev tomonidan Qarshiobod mahallasi fuqarolari bilan huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida qonuniylik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli salbiy holatlarning oldini olish, mahallalarda osoyishtalikni saqlash hamda qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish masalalari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarni jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda yanada faol bo‘lishga chaqirdi.