#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilovlar tomonidan Guliston mahallasida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarliligi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kundalik iste’mol mahsulotlari bilan ta’minot darajasi, narxlarning barqarorligi hamda aholiga qulaylik yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahsulotlar zaxirasini barqaror saqlash, narxlar keskin oshib ketishining oldini olish hamda aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram