Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari R.Baltayev va I.Musayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Jumaniyazovlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar
kiritish haqida”gi qonuni hamda deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 4 bandi (hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari, aholi bandligi masalalari) ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi Bo‘ston mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari xolati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan 1-chorak davomida 41 nafar kambag‘al fuqarolardan 16 taga kamayganligi, 13 ta ishsiz fuqaro doimiy ish bilan band bo‘lishiga ko‘maklashilganligi
hamda 26 nafar fuqaro o‘zini – o‘zi band qilgan xolda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashilganligi, 20 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilganligi aniqlandi.
Shuningdek, faoliyati davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.