#Viloyat_sessiyasi_qarori
Payariq tumanida kanal-kollektor va ariq-zovurlarni tozalash tadbirlari uchun mablag' ajratilishi belgilandi.
⭐Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-28-58-7-0-K/26 (https://kengash.gov.uz/doc/251324)-sonli qaroriga asosan, tuman hududidagi kanal-kollektor, ariq- zovurlar yillar davomida tozalanmaganligi sababli suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati tushib
ketganligi hamda ichki ariq-zovurlarga suv bormayotganligi sababli mazkur kanal-kollektorlarni va ariq-zovurlarni tozalash
ishlari uchun talab etiladigan yoqilg‘i moylash mahsulotlari uchun bir milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
📊Mazkur qaror ijrosi natijasida kanal-kollektorlar hamda ariq-zovurlar orqali suv yetkazib berish tizimining imkoniyatlari kengaytiriladi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)