Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Berdiyeva hamda xalq deputatlari shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev, deputat B.Allabergenov va shahar hokimining birinchi o‘rinbosari J.Eshchanovlar hamkorligida tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘lmasdan qolgan loyihalarmuhokama etildi.
Xususan, nazarda tutilgan loyihalarni o‘rganish maqsadida Urganch shahar “Ko‘hna-qal’a” mahallasi hududida uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani rivojlantirish choralari ko‘rib chiqildi.