Dadaboyev Shuhrat Jo‘rayevich - Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisligiga saylandi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada muhim masalalar qatorida "Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisini saylash to‘g‘risida"gi masala ham ko‘rib chiqildi.
Deputatlardan iborat siyosiy partiya vakillari guruhi tomonidan shahar Kengashi deputati Shuhratjon Dadaboyev Kengash raisligiga tavsiya etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.