#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Sessiyada tumanda 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Valiyev Asror Xamzayevichning axboroti muhokama qilindi.
Axborotda keltirilishicha tumandagi turli sohalarda jami 104 ta o‘tkazilgan tekshirish va tahlillar davomida 4.044 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan hamda 1.190 ta prokuror nazorat hujjatlari qo‘llanilib, jami 1.706 nafar shaxslarning shu jumladan 403 ta yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga 322 ta 784,2 mln. so‘mlik va iqtisodiy sudga 4 ta 205,2 mln. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga 4 ta 74.1 mln. so‘mlik da’vo arizalari kiritilishi ta’minlanib, da’vo talabi qanoatlantirilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)