🔷Murojaatnomada ta’lim yo‘nalishida belgilangan ustuvor vazifalar!
✅Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Mehmonova tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, unda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, istiqboldagi vazifalar mavzusida Quvasoy shahar umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
✅Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Mo‘minova, maktab direktorlari, kasb-hunar ta’limi rahbarlari va yosh kadrlar ishtirok etdi.
✅Murojaatnomada belgilab berilgan ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalla institutini mustahkamlash, ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.