Ro‘yxatga olish — kelajagimiz uchun muhim qadam
Aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish (Census) so‘rovnomasini to‘ldirdim. Jarayon juda oddiy, tez va qulay ekaniga amin bo‘ldim.
Ro‘yxatga olish natijalari yangi ish o‘rinlari yaratish, maktab, bog‘cha va shifoxonalarni ko‘paytirish, yo‘l va infratuzilmalarni rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi resurslarini adolatli rejalashtirish uchun asos bo‘ladi. Muhim jihati shundaki, bir kishi butun oila nomidan ishtirok etishi mumkin, shaxsiy ma’lumotlar esa to‘liq maxfiy saqlanadi.
Shu bois barcha yurtdoshlarimni census.stat.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Bugungi ishtirok — ertangi taraqqiyot garovi.
Zoyir Turdiyev
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati