15.01.2026 yilda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati M.X.Ramazonov o‘zi saylangan 9-Darband saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks
rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son qaror ijrosini ta’milash maqsadida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan tumandagi “Darband” mahallasida obyektlarning manzilli
ro‘yxati asosida amalga oshirilayotgan ishlar holatini “Darband” mahallasi raisi I.Yodgorov va mahalla faollari bilan o‘rganib chiqishdi.
O‘rganishlar davomida loyihalar bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi hamda joylardagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratilib, tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.