Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati A. Maxammatov tomonidan tumandagi 3-umumta’lim maktabi da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari o‘rganildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasining issiqlik tizimi, deraza va eshiklarning holati, sinfxonalardagi yoritish vositalari, o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan sharoitlar hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, maktabda o‘quvchilarning qish mavsumida o‘qishni davom ettirishlari uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.