Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing tizimini o‘rganish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ishchi guruh a’zolari tumandagi 20- va 34-sonli DMTTlarda ovqatlantirish sifati, mahsulotlarning xavfsizligi va bolalar salomatligi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bermoqda.