Yangiliklar

DEPUTAT MAKTABDA BO‘LDI

 Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari tomonidan tumanda joylashgan umumta’lim maktablariga borib, u yerdagi
ta’lim-tarbiya jarayonlari, o‘quv sharoitlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar oldida turgan vazifalar, ularning bajarilishi bilan tanishish doim o‘z samarasini berib kelgan.
 

Tuman Kengashi deputati A.Tavboyev ham tumandagi 7-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning shart-sharoitlari, yutuq va kamchiliklar, ustozlar oldida turgan “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yozgi kunlarda o‘quv va tarbiya ishlarini takomillashtirish
rejalari bilan tanishdi.
  

Shuningdek, deputat maktabda bo‘lib o‘tgan “Zakovat” inttellektual o‘yinida ishtirok etib, maktabning ilg‘or fikrli va aqli teran yoshlari bilan suhbatlashdi.  

Slide 1 of 6