Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Kengash_faoliyati
#24_ta_masala
#_DEPUTAT_NAZORATI

🏥 Aholi salomatligi — doimiy nazoratda

🗣Bandixon tumanida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va poliklinikalarda aholi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Quduqsoy mahallasida joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasi tangimush oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

▶️Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarni qabul qilish tizimi va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligi;

▶️Dori-darmon ta’minoti: Imtiyozli dori vositalari bilan ta'minlanganlik darajasi va dorixona faoliyati;

▶️Sharoitlar: Poliklinika xonalarning sanitariya holati va tibbiy jihozlarning sozligi;

▶️Raqamlashtirish: "Elektron poliklinika" tizimining ishlashi va navbatlarni tartibga solish holati.

Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 265-I-son Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

💬Ushbu qonunga ko‘ra:
▶️fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlanadi.
▶️tibbiyot muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratilishi shart.
▶️aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

💬Deputat tibbiyot xodimlariga aholi murojaatlariga e'tiborli bo'lish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

🫥Inson salomatligi — jamiyatning eng oliy boyligidir!
Slide 1 of 6