Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati A.Mamatqulov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “Shikorbegi” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan tekstil fabrikasi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur investitsiya loyihasini joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Deputat loyiha menejeri A.Mamadaliyev bilan suhbat o‘tkazib, qurilish ishlarining bugungi holati, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishga tayyorgarlik hamda korxonani zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

O‘rganish yakunida loyihaning belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi, yangi ish o‘rinlarini o‘z vaqtida yaratish hamda korxonaning barqaror faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3