Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 4-“Oq oltin” saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 36-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi doirasida maktabda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni fan, sport va ijodiy to‘garaklarga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar hamda tashkil etilgan mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati tomonidan ChQBT (Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik) xonasini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalasida murojaat bildirildi. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘rganish yakunida dastur doirasida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish, o‘quvchilar qamrovini kengaytirish hamda ta’lim muassasasida mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7