Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qo'qon shahar “Noib ko‘prigi” mahallasida joylashgan "Shohidon" ko‘chasi 4-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Boltaboyeva o‘zi yashab turgan uy-joyni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida deputatga murojaat qilgan edi.

Murojaat asosida deputat M.Azizov hamda mahalla yettiligi vakillari tomonidan xonadon joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida uy-joyning ta’mirtalab holatda ekani aniqlanib, fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qisqa muddat ichida mazkur xonadonda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Hozirda xonadonda ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.

Bugun deputat M.Yunusov xonadonda bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan reja asosida olib borilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

Uy egalari tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirilib, bunday manzilli ko‘mak ehtiyojmand oilalar uchun katta dalda bo‘layotgani ta’kidlandi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini amaliy hal etishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4