Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova tumandagi “sariq hudud” toifasiga kiritilgan mahallada bo‘lib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni kamaytirish, oilaviy nizolar va maishiy zo‘ravonliklarning barvaqt oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, uyma-uy yurib fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy muammosi mavjud oilalarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha mahalla yettiligi oldiga muhim vazifalar qo‘yildi.

Uchrashuvda mahalla faollari, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli hamkorligida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Hududdagi “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur muhokamada hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mahalla darajasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Slide 1 of 3