Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
AHOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov, tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi bilan hamkorlikda tumandagi Tegirmonboshi mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Mazkur uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

📖 Xususan, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔂Shuningdek, uchrashuvda:
🔹 noqonuniy egallangan yer maydonlari;
🔹 fuqarolarning yer va mulk huquqlari;
🔹 qonun asosida huquqlarni rasmiylashtirish tartiblari;
🔹 murojaat qilish mexanizmlari va amaldagi imtiyozlar haqida aholi vakillariga atroflicha ma’lumotlar yetkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar oldilar.

✅Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2