Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganildi

Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganildi

Navoiy shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Dilmurod Ergashev boshchiligida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Hayot mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Tashrif davomida murojaatchi yashayotgan xonadonga borilib, uning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari hamda mavjud muammolari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari va hudud aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislariga aniq vazifalar yuklatildi. Jumladan, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, murojaatlarni ijobiy hal qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar muammolarini joyida hal etish va ular uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur sayyor qabul ham xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 7