Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus

Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Baxtiyor Bazarov, XDP shahar kengashi raisi J. Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud bo‘sh turgan yer maydonlarini o‘rganib chiqdilar.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda uzoq vaqtdan buyon foydalanilmay kelinayotgan yer maydonlaridan biri yoshlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish maqsadida samarali yo‘naltirish taklifi ilgari surildi. Xususan, ushbu bo‘sh yer maydonida zamonaviy stadion qurish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar tomonidan loyiha tashabbusi qo‘llab-quvvatlanib, mazkur taklifni amalga oshirish yuzasidan tegishli tartibda shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha kelishib olindi. Ta’kidlanishicha, bunday loyihalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududni obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.
Tashabbus yakunida mas’ullar bunday loyihalarni izchil davom ettirish, mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini samarali foydalanishga yo‘naltirish orqali aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.

Slide 1 of 5