Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 8-«Istiqlol» saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich o‘zi saylangan hududdagi “Yangiobod” MFYga tashrif buyurib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat “Yangiobod” MFY ijtimoiy xodimining faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, hududda istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilli va maqsadli tashkil etilishi yuzasidan nazorat-tahlil olib borildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida 5 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 2 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, 29 nafar fuqaroga gaz va elektr energiyasi xarajatlari uchun kompensatsiya ajratilgani aniqlandi. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 nafar fuqaroning davolanishi hamda 1 nafar fuqaroning jarrohlik amaliyoti uchun tavsiyanomalar rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, 1 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning
bandligi ta’minlangan, 3 nafar fuqaroga psixologik va 1 nafar fuqaroga yuridik xizmat ko‘rsatilgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich
bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
 

Slide 1 of 3