Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Obod mahalla - aholi farovonligining muhim omili

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan “Navro‘z” mahallasi jamoatchilik faollari ishtirokida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda sanitariya talablariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, tozalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish, ko‘chalarni tartibli saqlash hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud infratuzilma holati, sanitariya qoidalariga amal qilinishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Tadbir davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish aholi uchun sog‘lom va qulay yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2