Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Xotin-qizlar manfaatlari — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 25-“Mustaqillik” saylov okrugi deputati E.Sadikova tomonidan “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar maslahatchisi faoliyatini o‘rganish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar maslahatchisi bilan ham suhbat o‘tkazilib, hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, oilaviy muammolari, bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalar shaxsiy nazoratga olinib, ularni amaliy hal etish yuzasidan aniq muddatlar va mas’ullar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2