Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
#Deputatlik so‘rovi ijrosi

        Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati I. Jurayev tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limiga yuborilgan deputatlik
so‘rovi ijrosi yuzasidan Namuna MFY Mustaqillik ko‘chasi hamda Boycheki MFY Xosiyat ko‘chasi tutashgan hududdagi Yangi cheklar hududida yashovchi aholining elektr ta’minoti holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mazkur hududdagi 55 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 14 dona beton ustun o‘rnatilgani, aholi ishtirokida sim tortilib, KTP-63/10 transformatori orqali elektr tarmog‘i xonadonlarga ulanganligi aniqlandi.Biroq hozirgi kunda foydalanilayotgan elektr simlarining texnik talablarga javob bermasligi hamda
KTP-63/10 transformatorining quvvati yetarli emasligi sababli aholi tomonidan e’tirozlar bildirilmoqda.Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida tuman elektr tarmoqlari bo‘limi mutasaddilari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida elektr tarmoqlarini zamonaviy kabellarga almashtirish hamda TP-100 quvvatli transformator o‘rnatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
  

Slide 1 of 2